RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGIGA AMALIY TA’SIRI: O‘ZBEKISTON BANK TIZIMI VA AT “ALOQABANK” MISOLIDA

Authors

  • Kamolov Sardorbek Davlatjon o‘g‘li Aloqabank Navoiy hududiy komplex xizmatlar ko‘rsatish markazi direktori, Navoiy shahri, O‘zbekiston Author

Abstract

Tijorat banklarida raqamli transformatsiyaning iqtisodiy mazmuni mobil ilova, internet-banking yoki masofaviy identifikatsiya xizmatlarining mavjudligi bilangina cheklanmaydi. Raqamli texnologiya bank samaradorligiga, avvalo, operatsiyalarni filialdan masofaviy kanallarga ko‘chirish, tranzaksion va komission daromadlarni kengaytirish, ma’lumotlardan kredit skoringi va risklarni boshqarishda foydalanish hamda bir mijozga xizmat ko‘rsatish tannarxini pasaytirish orqali ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli raqamli transformatsiyaning amaliy natijasi foydalanuvchilar sonidan tashqari, foizsiz daromadlar, operatsion xarajatlar, aktiv mijozlar ulushi, sof foyda, ROA, ROE va xarajatlar/daromadlar nisbati kabi ko‘rsatkichlar bilan baholanishi lozim

Downloads

Published

2026-06-10