O‘ZBEKISTONDA HUDUDLARNING INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIGI
Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekistonda hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini shakllantiruvchi asosiy omillar va ularning hududlar kesimidagi farqlari tahlil qilingan. Tadqiqotda hududlarning iqtisodiy salohiyati, investitsiya faolligi, infratuzilma rivojlanganligi, mehnat resurslari, tabiiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlarning investitsiyaviy jozibadorlikka ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, hududlarga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi va tarkibidagi tafovutlar, investitsiya loyihalarini hududlar bo‘yicha muvozanatli taqsimlash masalalari o‘rganilgan. Tahlil natijalari hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda infratuzilmani rivojlantirish, investorlarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, mahalliy resurslardan samarali foydalanish va hududlarning ixtisoslashuviga mos investitsiya loyihalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot yakunida hududlar o‘rtasidagi investitsion tafovutlarni kamaytirish va investitsiyalarni hududlarning iqtisodiy salohiyatiga muvofiq jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

