HUDUDIY INVESTITSIYA SIYOSATIDA INVESTORLAR UCHUN QULAY BIZNES MUHITINI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Bugungi globallashuv va iqtisodiy raqobat sharoitida hududlarning investitsion salohiyatidan samarali foydalanish, xususiy kapital oqimini kengaytirish va investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish hududiy iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Investitsiyalarning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi faqat mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslar bilan belgilanmay, balki investor uchun shakllantirilgan biznes muhitining sifati bilan ham bevosita bog‘liq. Huquqiy kafolatlarning barqarorligi, davlat xizmatlarining ochiqligi, infratuzilmaning rivojlanganligi, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati, soliq va bojxona tartib-taomillarining qulayligi, malakali mehnat resurslarining mavjudligi hamda tadbirkorlik faoliyatiga ma’muriy aralashuvning maqbulligi investorning hududni tanlashiga ta’sir etuvchi asosiy omillar qatoriga kiradi

