O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNI MOLIYALASHTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Authors

  • Mirkasimov Baxtiyer Mirvaxid o‘g‘li TDIU mustaqil izlanuvchis Author

Abstract

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti tobora ko‘proq ilm-fan, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarning rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida raqobatning kuchayishi, ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik jihatdan murakkablashuvi hamda intellektual kapitalning iqtisodiy o‘sishdagi ahamiyati ortib borayotgan bir sharoitda ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali moliyalashtirish davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Chunki zamonaviy iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni ta’minlash nafaqat mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, balki yangi bilimlarni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish imkoniyatlarini shakllantirishni ham talab etadi.

Downloads

Published

2026-06-10