EKOLOGIK MAJBURIYATLAR REZERVI VA EKOLOGIK XARAJATLAR TASNIFINI MAHSULOT TANNARXI HISOBIGA INTEGRATSIYALASH

Authors

  • Djumanov Saitmurod Alibekovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliyaviy hisob va hisobot” kafedrasi dotsenti Author

Abstract

Tezisda ishlab chiqaruvchi korxonalarda chiqindilarni utilizatsiya qilish, yer va suv resurslarini rekultivatsiya qilish, zararli moddalarni tozalash va atmosferaga chiqindilarni kamaytirish bilan bog‘liq ekologik majburiyatlarni mahsulot tannarxi hamda moliyaviy natijalarda aks ettirish muammosi o‘rganilgan. Amaliyotda ekologik sarflarning turli schyotlarda tarqoq qayd etilishi va kelgusi majburiyatlarning kech tan olinishi ekologik riskning real moliyaviy yukini baholashni qiyinlashtiradi. Tadqiqotda tizimli, qiyosiy va monografik tahlil, majburiyatni tan olish mezonlari hamda schyotlar korrespondensiyasi usullaridan foydalanilgan. Ilmiy yangilik sifatida 8920 – «Ekologik majburiyatlarni bajarish bo‘yicha rezerv» ishchi schyoti va ekologik xarajatlarni oldini oluvchi, joriy operatsion, qoplanadigan hamda jarima-kompensatsiya guruhlariga ajratish metodikasi yoritilgan. Taklif majburiyatni avtomatik rezervlashni emas, balki joriy majburiyat, resurs chiqimi ehtimoli va ishonchli baho mavjud bo‘lgandagina tan olishni nazarda tutadi. Metodika ekologik xarajatlarning tannarxga ta’sirini aniqlash, noto‘g‘ri kapitalizatsiyani cheklash va audit dalillarini tizimlashtirishga xizmat qiladi.

References

1. IASB. IAS 37 Provisions, Contingent Liabilities and Contingent Assets.

2. IASB. IAS 16 Property, Plant and Equipment.

3. IASB. IAS 2 Inventories.

4. Drury C. Management and Cost Accounting, 10th Edition Colin Drury. Annabel Ainscow. ISBN: 978-1-4737-4887-3. 2017.

5. Horngren C.T., Datar S.M., Rajan M.V. Cost Accounting: A Managerial Emphasis. – 15th ed. – Harlow: Pearson, 2015. – 868 p.

6. IAASB. ISA 315 (Revised 2019): Identifying and Assessing the Risks of Material Misstatement.

7. IAASB. ISA 540 (Revised): Auditing Accounting Estimates and Related Disclosures.

8. Djumanov S.A. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi omillar // Moliya, pul va kredit. 2025. №2. 93–98-b.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom.

Downloads

Published

2026-06-10