San’at — xalqning qalb tarjimasi, tarixning ranglarda bitilgan xotirasi va kelajak avlodlarga qoldiriladigan ma’naviy meros
Abstract
Sanʼat insonning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida sanʼat, narsa va hodisalarni qanday boʻlsa shunday aks ettirish va hayotni goʻzallik qonunlari asosida badiiy ifodalash gʻoyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, maʼnaviy, milliy dunyosi sanʼat predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga maʼlum ijtimoiy-estetik ideal nuqtayi nazardan munosabat bildiradi va oʻz estetik bahosini beradi[1]. Zamonaviy raqamlashtirilayotgan jamiyatda san’at asarlarini saqlash va badiiy mohiyatini tomoshabinga yetkazishda nafaqat tasviriy san’at galereyalari va muzeylarda, balki oliy ta’lim muassasalari va jamoatchilik binolarida ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Badiiy galereya o‘quv laboratoriyasi bo‘limi tomonidan ko’rgazmalar siatida namoyish etilib kelinmoqda. Ushbu galereyada turli xil yuqori badiiy qiymatga ega bo’lgan san’at asarlari joy olgan. Quyida mazkur asarlar yuzasidan qisqa tahlil va asarlar taqdim etiladi.
[1] Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Istoriya iskusstv Oʻzbekistana, M., 1965;

