ЎЗБЕК ТИЛИДАГИ АЙРИМ ТЕРМИНЛАР ТАРИХИДАН
Main Article Content
Abstract
Til va jamiyat tushunchalari ma’no anglatish nuqtai nazaridan farqli ma’nolarni ifodalsa-da, bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Tilni xalq yaratadi va o‘z navbatida, u jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas ohangda takomil topib boradi. Xalqning madaniy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti o‘z izlarini, birinchi galda, tilda qondiradi. Shu bois, jamiyatdagi har qanday o‘zgarish, birinchi navbatda, tilda aks aks etadi. Ana shu qonuniyat til va jamiyat tushunchalarining qanchalik uzviy bog‘liqligini ifoda etadi. Bu yaqin bog‘liqlikni yanada aniq ifodalash uchun quyidagi holatni anglash yetarli: agar biz Alisher Navoiy asarlarini o‘qisak, Navoiy yashagan davr bilan “gaplashamiz”. Navoiy qo‘llagan so‘zlar o‘sha davrdan sado beradi. Unda bank, avtobus, mashina, telefon, futbol, monitor kabi so‘zlar mutlaqo uchramaydi, bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki u davrda bunday tushunchalarning o‘zi bo‘lmagan. Navoiyda kotib, qalamzan, xushnavis, kilk, xoma kabi so‘zlarni o‘qishimiz mumkin va ular Navoiy yashagan davrga xosdir. Jamiyat taraqqiyot etib borishi jarayonida undagi o‘zgarishlar bilan hamohang tarzda yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi yangi so‘zlar paydo bo‘lib boraveradi. Demak, til jamiyat bilan doimo hamnafas yuradi.