DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA AJRATILADIGAN SUBSIDIYALAR HISOBI VA ULARNING MAQSADLI SARFLANISHI USTIDAN NAZORAT

Authors

  • Halilov Boburjon Sobirjon o‘g‘li TDIU mustaqil tadqiqotchisi: Author

Abstract

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishning asosiy vositalaridan biri davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmi bo‘ldi. «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonun bu munosabatlarning umumiy huquqiy asoslarini yaratgan bo‘lsa, maktabgacha ta’lim sohasida u asosan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (NoMTT) budjetdan subsidiya ajratish shaklida amalga oshirilmoqda. Davlat budjeti ijrosi ma’lumotlariga ko‘ra, nodavlat MTTlarga subsidiyalar bo‘yicha kassa xarajatlari 2023-yilda 2 744,8 mlrd so‘mni, 2024-yilda 3 342,7 mlrd so‘mni, 2025-yilda esa 3 950,2 mlrd so‘mni tashkil etgan, ya’ni ikki yilda 43,9 foizga oshgan. Subsidiyalar maktabgacha ta’limga yo‘naltirilgan jami budjet xarajatlarining qariyb to‘rtdan bir qismini (2025-yilda 23,5 foiz) tashkil etadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda budjetdan moliyalashtirilgan 37 905 ta MTTdan 30 929 tasi nodavlat tashkilotlar bo‘lib, ularda 1 049 378 nafar bola tarbiyalangan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-son «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (lex.uz).

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori // lex.uz.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son «Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni // lex.uz.

4. IFRS Foundation. IAS 20 Accounting for Government Grants and Disclosure of Government Assistance. – London: IFRS Foundation (amaldagi tahriri).

5. Patrinos H.A., Barrera-Osorio F., Guáqueta J. The Role and Impact of Public-Private Partnerships in Education. – Washington, DC: World Bank, 2009.

6. LaRocque N. Public-Private Partnerships in Basic Education: An International Review. – Reading: CfBT Education Trust, 2008.

7. Muslitdinov N. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy jarayonlarini axborot tizimlari orqali tashkil etishning amaliy jihatlari // Muhandislik va iqtisodiyot. – 2024. – № 2(3). – B. 5–11. – DOI: 10.5281/zenodo.14493529.

8. Xalilova Sh.G‘. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat xususiy sheriklik asosida moliyalashtirishni takomillashtirishda xorij tajribasi // Ta’lim fidoyilari. – 2024. – Aprel. – DOI: 10.5281/zenodo.10959919.

Downloads

Published

2026-10-29