Talabalarda estetik madaniyatni shakllantirishda badiiy pedagogikaning o`rni
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida estetik madaniyatni shakllantirishda badiiy pedagogikaning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Unda estetik madaniyatning mazmun-mohiyati, uning talaba shaxsining ma’naviy kamoloti, badiiy-estetik tafakkuri, ijodiy qobiliyati va dunyoqarashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, badiiy pedagogikaning ta’lim-tarbiya jarayonidagi imkoniyatlari, san’at vositalari orqali talabalarda go‘zallikni anglash, estetik qadriyatlarni qadrlash, milliy madaniy merosga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan madaniyat va san’atni rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirishga oid vazifalar bilan talabalarda estetik madaniyatni shakllantirish jarayoni o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik asoslangan. Shu bilan birga, oliy ta’lim jarayonida badiiy pedagogik yondashuvlardan foydalanish, talabalarning ijodiy faolligini oshirish hamda estetik tarbiya samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy fikr va tavsiyalar ilgari surilgan.
Downloads
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. —Toshkent: O‘zbekiston, 2021. — 464 b.
2.O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son Qonuni. Ta’lim to‘g‘risida.
3.O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-son Qonuni. Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida.
II. Estetik tarbiya va pedagogikaga oid ilmiy adabiyotlar
4.Lixachyov B.T. Теория эстетического воспитания школьников. — Москва: Просвещение, 1985. — 175 с.
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni. Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarori. O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
III. Elektron manbalar
7.O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — LexUZ.
8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti — president.uz.

