OROL DENGIZI QURIGAN TUBINING O'ZBEKISTON QISMI FLORASINING TUR TARKIBI VA NOYOB TURLARI
Abstract
Orol dengizi qurigan tubining O'zbekiston qismida 2024–2025-yillarda 24 oila va 67 turkumga mansub 106 tur yuksak o'simliklar qayd etildi. Florada Chenopodiaceae oilasi keskin ustunlik qiladi (39 tur, 36,8 %), undan keyin Polygonaceae va Poaceae (10 tadan tur), Fabaceae va Asteraceae (9 tadan tur) oilalari turadi. Hayotiy shakllar spektrida ko'p yillik va bir yillik o'tlar ustunlik qiladi, butalar va yarim butalar birgalikda 36,8 foizni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 7 tur va boshqa 35 ta muhim tur uchun validatsiya qilingan koordinatalar aniqlanib, raqamli ma'lumotlar bazasiga kiritildi.
Downloads
References
1. Breckle S.-W., Wucherer W., Dimeyeva L.A., Ogar N.P. (eds.) Aralkum – a Man-Made Desert: The Desiccated Floor of the Aral Sea (Central Asia). Ecological Studies, Vol. 218. – Berlin, Heidelberg: Springer, 2012.
2. Sherimbetov S.G., Pratov U.P., Mukhamedov R.S. Classification of plants in the south drying bottom of the Aral Sea // Vestnik Sankt-Peterburgskogo universiteta. Ser. 3. Biologiya. – 2015. – Vyp. 4.
3. Акжигитова Н.И. Галофитная растительность Средней Азии и её индикационные свойства. – Ташкент: Фан, 1982.
4. O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. I tom. O'simliklar. – Toshkent, 2019.

