TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINI TA’MINLASHDA PRUDENSIAL ME’YORLARNING AHAMIYATI
Abstract
Bank likvidliligi tijorat bankining o‘z zimmasiga olgan moliyaviy majburiyatlarini belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda bajarish, mijozlarning to‘lov topshiriqlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda moliyaviy operatsiyalarning uzluksizligini ta’minlash imkoniyatini ifodalaydi. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, likvidlilik bank aktivlarini sezilarli qiymat yo‘qotishlarisiz pul mablag‘lariga aylantirish va zarur moliyaviy resurslarni o‘z vaqtida jalb qilish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Shu sababli bank likvidliligi nafaqat kundalik operatsiyalarni uzluksiz amalga oshirish, balki moliyaviy barqarorlikni saqlash va mijozlar ishonchini mustahkamlashning ham muhim sharti hisoblanadi. Likvidlilikning qay darajada ta’minlanishi esa, eng avvalo, bank resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlarining o‘zaro muvofiqligiga bog‘liq.

