KARTOSHKA QATOR ORALARIGA ISHLOV BERUVCHI ROTATSION YUMSHATGICHLI KULTIVATORNING KONSTRUKTIV-TEXNOLOGIK PARAMETRLARINI ASOSLASH
Abstract
Kartoshka yetishtirish texnologiyasida qator oralari tuprog‘iga mexanik ishlov berish uning fizik holatini yaxshilash, zichlangan qatlamni yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish, pushta profilini shakllantirish va tuganaklarning rivojlanishi uchun qulay tuproq muhitini yaratishga qaratilgan muhim agrotexnik jarayonlardan biridir. Ayniqsa, kichik konturli va tomorqa maydonlarida yuqori ish unumiga ega, energiya va mehnat sarfi kam bo‘lgan ixcham texnik vositalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotda kartoshka qator oralariga ishlov berishga mo‘ljallangan rotatsion yumshatgichli kultivatorning konstruktiv-texnologik parametrlari, ishchi organlarning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish sharoitlari hamda ularning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda nazariy mexanika, matematik statistika, eksperimentlarni matematik rejalashtirish va tenzometriya usullaridan foydalanildi.
References
1.UZDST 3412:2019. Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. Sinov dasturi va usullari.
2.UZDST 3193:2017. Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Mashinalarni energetik baholash usuli.
3.Dospexov B.A. Metodika polevogo opta. — Moskva: Agropromizdat, 1985.
4.Байбобоев А.Н., Кодиров С.Т., Акбаров Ш.Б., Гоипов У.Г., Хамзаев А.А. Расчёт технологического процесса сепарации почвы с рыхлительным барабаном.
5 Гоипов У.Г. Қишлоқ хўжалиги машина ва механизмларни лойиҳалашда MSC Adams дастуридан фойдаланиш. – 2021.
6. Маматов Ф. Қишлоқ хўжалиги машиналари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2010.. .
7.Матчанов Р.Д., Усмонов А.С. Агросаноат машиналари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2002.

