TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Authors

  • Ergashev Otamurod Tashtemirovich TDIU., mustaqil izlanuvchisi Author

Abstract

Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish mamlakat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, raqobat muhitini kuchaytirish va innovatsion jarayonlarni jadallashtirishda muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi iqtisodiyotning moslashuvchanligini oshirib, bozor talablarining tezkor o‘zgarishlariga javob berish imkonini beradi. Biroq tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan ularning yetarli va maqbul shartlarda moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga bog‘liq. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish masalasi dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Downloads

Published

2026-06-10