TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY XIZMATLARNI KO‘RSATISH METODOLOGIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Authors

  • Ergashev Azizxon Avazxon o‘g‘li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) mustaqil izlanuvchisi Author

Abstract

Tijorat banklarida moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish metodologiyasi bank tizimining rivojlanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, mijozlar ehtiyojlarining shakllanishi va texnologik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq holda takomillashib kelgan. Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish metodologiyasi bank faoliyatini tashkil etish, xizmatlarni ishlab chiqish va taqdim etish, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish, xizmatlar samaradorligini baholash hamda yuzaga keladigan moliyaviy va operatsion risklarni nazorat qilishning nazariy va amaliy yondashuvlari majmuini ifodalaydi. Shu sababli uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini tadqiq etish zamonaviy tijorat banklari faoliyatining mazmunini chuqur anglash imkonini beradi.

Downloads

Published

2026-06-10