AGRAR SOHADA XORIJIY INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MOLIYAVIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
Abstract
Bugungi kunda agrar sektor mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi bandligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishda strategik ahamiyatga ega. Shu sababli qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Xorijiy kapital nafaqat moliyaviy resurs manbai, balki zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or boshqaruv tajribasi, innovatsiyalar, yangi bozorlar va xalqaro marketing imkoniyatlarini olib kirish vositasi sifatida ham namoyon bo‘ladi.

