RIVOJLANGAN DAVLATLAR TIJORAT BANKLARIDA STRATEGIK REJALASHTIRISH TAJRIBASI VA UNI O‘ZBEKISTON BANKLARIGA TATBIQ ETISH
Abstract
Mazkur tezisda rivojlangan davlatlar tijorat banklarida strategiya ishlab chiqish, uni amalga oshirish va natijalarini monitoring qilishning ilg‘or tajribasi o‘rganilgan. AQSH banklarida Dodd-Frank Act va DFAST, Yevropa banklarida SREP va ICAAP, Yaponiya banklarida esa o‘rta muddatli biznes-rejalashtirish mexanizmlarining strategik boshqaruvdagi o‘rni tahlil qilingan. JPMorgan Chase, Deutsche Bank va ING Bank misolida strategik rejalashtirishning moliyaviy barqarorlik, operasion samaradorlik va raqamli transformatsiya bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan hamda O‘zbekiston tijorat banklari uchun amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

