MAXSUS IQTISODIY ZONALARDA INNOVATSION FAOLIYATNI RAGʻBATLANTIRISH MEXANIZMLARI
Abstract
Jahon iqtisodiyotida innovatsion rivojlanish zamonaviy iqtisodiy o‘sishning eng muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Raqobatning kuchayishi, texnologik taraqqiyotning jadallashuvi va ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashuvi sharoitida mamlakatlar iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun nafaqat mavjud resurslardan samarali foydalanish, balki yangi bilimlar, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni iqtisodiyotga keng joriy etishga intilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tijoratlashtirish uchun qulay institutsional muhit yaratadigan samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi.

