ROTASION YUMSHATKICH PICHOQLARI SONINING KARTOSHKA QATOR ORASIGA ISHLOV BERISH SIFATI VA ENERGETIK KURSATKICHLARGA TASIRI
Abstract
Ushbu maqolada kartoshka qator orasiga ishlov beruvchi kultivator rotasion yumshatkichi pichoqlari sonining agrotexnik va energetik ish kursatkichlariga tasiri eksperimental tadqiq etilgan. Tadqiqotlarda rotasion yumshatkich diskiga o‘rnatilgan pichoqlar soni 2, 3, 4 va 5 dona qilib o‘zgartirilib, ishlov berish chuqurligi, tuproqning uvalanish sifati, begona o‘tlarni yuqotish darajasi, ishlov berish darajasi, kartoshka nihollarining shikastlanishi, valdagi burovchi moment hamda agregatning tortishga umumiy qarshiligi aniqlandi. Olingan natijalarga kura, pichoqlar soni ortishi bilan tuproqqa ishlov berish sifati yaxshilanadi, yani ishlov berish chuqurligi, tuproqning maydalanish darajasi va begona o‘tlarni yuqotish kursatkichlari ortadi. Biroq pichoqlar sonining haddan tashqari kupayishi kartoshka nihollarining shikastlanish ehtimoli va valdagi burovchi momentning ortishiga sabab buladi. Tadqiqot natijalari asosida kam energiya sarflagan holda talab darajasidagi ish sifatini taminlash uchun rotasion yumshatkich diskining bir tomoniga o‘rnatiladigan pichoqlar soni 3–4 dona bulishi maqsadga muvofiqligi aniqlandi.
References
1. Rotasion yumshatkich pichoqlari soni 2 donadan 5 donagacha oshirilganda ishlov berish chuqurligi 9,2 sm dan 11,8 sm gacha ortdi, uning urtacha kvadratik chetlanishi esa ±1,20 sm dan ±0,97 sm gacha kamaydi.
2. Pichoqlar soni ortishi bilan tuproqning 25 mm dan kichik fraksiyalar miqdori 77,70 % dan 87,30 % gacha, begona o‘tlarni yuqotish darajasi esa 91,00 % dan 98,60 % gacha ortdi.
3. Ishlov berish darajasi pichoqlar soni 2 donadan 5 donagacha oshirilganda 56,40 % dan 82,60 % gacha kutarildi. Bu rotasion yumshatkichning ishchi organlari tuproqqa ta’sir doirasi kengayganini ko‘rsatadi.
4. Pichoqlar soni ortishi kartoshka nihollarining shikastlanish darajasini 0,53 % dan 1,15 % gacha oshirdi. Shu sababli pichoqlar sonini haddan tashqari kupaytirish maqsadga muvofiq emas.
5. Energetik kursatkichlar buyicha pichoqlar soni ortishi bilan valdagi burovchi moment 35,8 N·m dan 42,6 N·m gacha ortdi, tortishga umumiy qarshilik esa 792,0 N dan 680,0 N gacha kamaydi.
6. Kam energiya sarflagan holda agrotexnik talablar darajasida ish sifatini ta’minlash uchun rotasion yumshatkich diskining bir tomoniga o‘rnatiladigan pichoqlar soni 3–4 dona bulishi ta’vsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. UZDST 3412:2019. Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Tuproq yuzasiga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. Sinov dasturi va usullari.
2. UZDST 3193:2017. Qishloq xo‘jaligi texnikasini sinash. Mashinalarni energetik baholash usuli.
3. Dospexov B.A. Metodika polevogo opta. — Moskva: Agropromizdat, 1985.
4. Байбобоев А.Н., Кодиров С.Т., Акбаров Ш.Б., Гоипов У.Г., Хамзаев А.А. Расчёт технологического процесса сепарации почвы с рыхлительным барабаном.
5 Гоипов У.Г. Қишлоқ хўжалиги машина ва механизмларни лойиҳалашда MSC Adams дастуридан фойдаланиш. – 2021.
6 Маматов Ф. Қишлоқ хўжалиги машиналари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2010..
5. Матчанов Р.Д., Усмонов А.С. Агросаноат машиналари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2002.

