Sun’i intellekt - ustozga raqibmi yoki ilm yo’lidagi hamrohmi?

Authors

  • Oʻktamova Muxlisa Author

Abstract

XXI asr fan va texnologiyalar asri sifatida e’tirof etilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar deyarli hayotimizning barcha sohalariga kirib bordi. Ayniqsa, sun’iy intellektning rivojlanishi insoniyat taraqqiyltida yangi bosqichni boshlab berdi. Hozirgi kunda sun’iy intellekt tibbiyot, sanoat, iqtisodiyot, transport va ta’lim tizimida keng qo’llanilmoqda. Uning ta’limdagi o’rni esa eng ko’p bahs qilinadigan mavzulardan biridir. Ayrimlar sun’iy intellekt kelajakda ustozlar o’rnini egallaydi deb hisoblaydi, boshqalar esa uni ta’lim sifatini oshiradigan yordamchi vosita deb biladi. Shu sababli “Sun’iy intellekt uztozga raqibmi yoki ilm yo’lidagi hamrohmi?”degan savol bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Avvalo, sun’iy intellekt tushunchasig to’xtalish lozim. Sun’iy intellekt - insonning fikrlash, o’rganish, tahlil qilish va muammolarni hal etish kabi qobilyatlarini ma’lum darajada kompyuter tizimlari orqali amalga oshirish texnologiyasidir. U katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida qayta ishlaydi va knsln uchun murakkab bo’lgan hisob - kitoblarni tez bajaradi.

Downloads

Published

2026-06-10