TIJORAT BANKLARIDA TO‘LOV QOBILIYATINI MUSTAHKAMLASHDA STRESS-TEST USULIDAN FOYDALANISH
Abstract
Jahon moliya tizimida raqamli texnologiyalar, real vaqt rejimidagi to‘lovlar, masofaviy bank xizmatlari va tezkor kapital harakati kengayib borayotgan hozirgi sharoitda tijorat banklarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bank tizimida mijozlar mablag‘larining qisqa muddatda ommaviy chiqib ketishi, moliya bozorlaridagi foiz stavkalari o‘zgarishi, kredit portfeli sifatining yomonlashuvi, valyuta kurslari tebranishi va likvid aktivlar qiymatining pasayishi banklarning to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkoniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli tijorat banklarida to‘lov qobiliyatini baholashning an’anaviy usullari bilan bir qatorda stress-test mexanizmlaridan muntazam foydalanish zarurati ortib bormoqda.
References
1. Covi G., Škrinjarić T. Measuring the stability of the banking system: capital and liquidity at risk with solvency-liquidity interactions. Staff Working Paper No. 1,140. Bank of England, 2025.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF–5992-son “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy statistik ma’lumotlari. 2021–2025-yillar.

