O‘zbekistonda obligatsiyalar bozorining institutsional rivojlanishi va investitsion muhitga ta’siri

Authors

  • Shaxlo Begmatova PhD., katta o‘qituvchi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Author

Abstract

O‘zbekistonda korporativ obligatsiyalar bozori hozirgi kunda rivojlanish bosqichida bo‘lib, hali to‘liq shakllangan tizim sifatida qaralishi qiyin. Bozor infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi, tartibga solish mexanizmlarining murakkabligi hamda investorlar ishonchining yetarli darajada shakllanmaganligi sababli, real sektor korxonalari moliyalashtirishda asosan bank kreditlariga tayanib kelmoqda. Natijada moliyaviy resurslar bir manbada jamlanib qolmoqda va bu iqtisodiy faollikning kengayishiga ma’lum darajada to‘sqinlik qilmoqda.

Downloads

Published

2026-06-28