Hozirgi adabiy jarayonda dramaturgiya va inson ruhiyati talqini (Erkin A'zam ning “Jannat o‘zi qaydadir” dramasi misolida)
Abstract
Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiy jarayonida dramaturgiya janrining rivojlanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, Erkin A'zam ning “Jannat o‘zi qaydadir” dramasi misolida zamonaviy dramaturgiyada inson ruhiyati, ma’naviy izlanishlar, ijtimoiy ziddiyatlar va Vatan tushunchasining badiiy talqini yoritiladi. Asardagi obrazlar tizimi, dramatik konflikt va psixologizm elementlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, dramada aks etgan ikki davr — sovet va mustaqillik davri o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar hamda insonning o‘zligini anglash muammolari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida mazkur drama zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasining muhim namunalaridan biri ekanligi asoslanadi.
References
1. Y.Solijonov. "Hozirgi adabiy jarayon". T. "Innovatsiya-Ziyo".2020.
2. Matluba Isokova. "Dramaturg mahorati". T. 2021.
3. To’laxo’jayova.M., Qozoqboev. T. "Drama nazariyasi".T. Fan va texnologiyalar markazi.2014.
4. F. Abduvohidov. Dramaturgiya asoslari. T.; 2019.
5. Erkin A’zam “Jannat o’zi qaydadir”. “Sharq” Toshkent-2007.

