ERKIN A’ZAMNING “JANNAT O’ZI QAYDADIR” DRAMATIK-QISSASIDA MA’NAVIY TANAZZUL VA YO’QOTILGAN QADRIYATLAR FOJEASI
Abstract
Mazkur maqolada Erkin A’zamning “Jannat o‘zi qaydadir” asari misolida ma’naviy tanazzul va yo’qotilgan qadriyatlar fojeasi tahlil qilinadi. Asarda oila doirasida kechayotgan voqealar orqali jamiyatdagi kengroq ijtimoiy va ruhiy jarayonlar yoritiladi. Muallif insonning moddiy farovonlik ortidan quvib, o‘z ildizlari va qadriyatlaridan uzoqlashishi qanday fojealarga olib kelishini ochib beradi. Asar qahramonlari timsolida ma’naviyat va manfaat, vatan va muhojirlik, haqiqat va illuziya o‘rtasidagi keskin ziddiyat tasvirlanadi. Tadqiqot davomida asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tahlil qilinib, muallif ilgari surgan asosiy xulosa — inson baxti uning ichki dunyosi va ma’naviy qadriyatlariga bog‘liqligi ekani yoritiladi.
References
1. A’zamov E. Jannat o’zi qaydadir – T.: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2007.
2. Umurov X. Adabiyotshunoslik nazariyasi – T.: A. Qodiriy nomidagi xalq me’rosi nashriyoti,2004.
3. Quronov D, Mamajonov Z, Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug’ati – T.: Akademnashr, 2010.

