YIRIK INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA YUZAGA KELUVCHI RISKLAR
Abstract
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda yirik investitsiya loyihalari mamlakatning sanoat, infratuzilma va texnologik rivojlanishining asosiy dvigateli hisoblanadi. Bunday loyihalarni moliyalashtirish – ko‘p hollarda bir necha banklar va moliyaviy institutlarning resurslarini birlashtirishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Biroq, loyiha miqyosi qanchalik katta bo‘lsa, uning amalga oshirilishi davomida yuzaga keladigan noaniqliklar va xavf-xatarlar ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Shu sababli, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda risklarni to‘liq va tizimli tahlil qilish, ularni boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy-amaliy vazifadir.

