IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA BANK XIZMATLARINING ROLI VA AHAMIYATI
Abstract
Bank tizimi, o‘n yil oldin mijozlar bilan ishlashda jismoniy vositalardan, xususan, plastik kartochkalar va keng tarmoqli bankomatlar va jismoniy filiallar tarmog‘idan foydalangan bo‘lsa, virtual dunyoga o‘tish: mobil ilovalar, smartfonlar, raqamli kartalar va boshqalardan keng foydalanish orqali tubdan o‘zgardi. Bank biznesining raqamli transformatsiyasi kredit-moliya tashkilotlari faoliyat turlarini sezilarli darajada kengaytirishga olib keldi. An'anaviy kredit va depozit operatsiyalaridan tashqari, zamonaviy banklar aktivlarni boshqarish, moliya bozorlarida investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sug‘urtalash xizmatlarini, shuningdek moliyaviy vositachilik xizmatlarini taklif qilmoqda. Moliya bozorlarining raqamlashtirilishi yangi raqamli xizmatlar va mahsulotlar: raqamli aktivlar, to‘liq raqamli banklar, moliyaviy ekotizimlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

