Transport vositalarining yurish o‘qmas tizimlarining rivojlanish yo‘li: tarixiy evolutsiya va istiqbollar

Authors

  • Nabiyev Nodirbek Author

Abstract

Ushbu ilmiy maqola transport vositalarining yurish o‘qmas tizimlarining tarixiy evolutsiyasi, texnologik rivojlanish bosqichlari va kelajakdagi istiqbollarini har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda yurish o‘qmas tizimlarining qadimgi g‘ildirakli transport vositalaridan tortib zamonaviy raqamli, avtomatlashtirilgan va aqlli tizimlarga qadar bo‘lgan rivojlanish yo‘li tizimli tahlii qilingan. Yurish o‘qmas tizimlarining asosiy komponentlari: osma tizimlari, amortizatorlar, prujinalar, stabilizatorlar va boshqalar, shuningdek, ularning ishlash prinsiplari hamda transport vositasi harakati va barqarorligiga ta'siri chuqur o‘rganilgan. Maqolada, shuningdek, yurish o‘qmas tizimlarining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar: materialshunoslik, ishlab chiqarish texnologiyalari, ekologik talablar va iqtisodiy mezonlar tahlii qilingan. Tadqiqot natijalari asosida yurish o‘qmas tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari, jumladan, faol va adaptiv osma tizimlari, avtonom transport vositalari uchun maxsus yechimlar va barqaror materiallardan foydalanish imkoniyatlari haqida xulosalar ishlab chiqilgan.

Downloads

Published

2025-10-31