INNOVATSION MOLIYAVIY INSTRUMENTLAR ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA INVESTITSION MUHITNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Main Article Content

Farruxjon Tirkashev

Abstract

Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti chuqur o‘zgarishlar bosqichini boshidan kechirmoqda. Raqamli texnologiyalar, ekologik barqarorlik tamoyillari, moliyaviy inklyuzivlik va innovatsion yondashuvlar global investitsiya oqimlari va moliyalashtirish strategiyalarining mazmunini tubdan o‘zgartirmoqda. Ayniqsa, post-pandemiya davrida iqtisodiy tiklanish va barqaror o‘sishni ta’minlash uchun davlatlar an’anaviy investitsiya yondashuvlaridan voz kechib, yangi, zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etishga kirishmoqda. Bu jarayon, bir tomondan, sarmoyadorlar uchun xavfsiz va daromadli muhit yaratishni, boshqa tomondan esa, real sektor ehtiyojlariga mos keladigan samarali moliyalashtirish vositalarini taklif qilishni talab etadi.

Article Details

Section

Articles