AGROFOTOVALTAIK TIZIMLARNI TOZALASHDA JAHON TAJRIBASI VA ULARNING SAMARASI

Main Article Content

Shohruh Muxtorjonov

Abstract

Agrofotovoltaik tizimlarda fotoelektr modullarining changlanishi energiya ishlab chiqarishni kamaytirishi bilan birga o‘simliklarga tushadigan yorug‘lik rejimini o‘zgartirib, hosildorlikka ham ta’sir qiladi; shu bois tozalash jarayoni energetik, agronomik va suv resurslari nuqtai nazaridan birgalikda optimallashtirilishi zarur. Ushbu tezis jahon tajribasini tahlil qilib, passiv yechimlar — antisoiling va gidrofob qoplamalar, dinamik burchak va stow holati — hamda aktiv yechimlar — quruq cho‘tka va robotik tozalash, havo purkash, past sarfli yuvish, elektrostatik usullar — ni iqlim zonasi, chang yuklamasi va zarralar granulometriyasi, yog‘in shamol rejimi, suv narxi va mavjudligi hamda ekin sezgirligiga ko‘ra solishtiradi. Monitoring uchun arzon soiling sensorlari, PR va soiling indeksiga asoslangan chegaraviy tetiklar, masofadan turib kuzatuv va qayta ishlatiladigan suv bilan yuvish protokollari tavsiya etiladi; qaror qabul qilishda PR, LCOE, suv izi, LER va hosildorlik kabi ko‘rsatkichlar birgalikda baholanadi. Natijada, quruq va changli hududlardan, jumladan Markaziy Osiyo, shuningdek nam iqlimlargacha qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘p mezonli tozalash kalendari va tanlov matritsasi taklif etiladi.

Article Details

Section

Articles

References

1. Allen, R. G., Pereira, L. S., Raes, D., Smith, M. (1998). Ekinlarning evapotranspiratsiyasi: sug‘orish talablarini hisoblash bo‘yicha qo‘llanma (FAO-56). FAO.

2. Dupraz, C. va boshq. (2011). Quyosh PV panellari va ekinlarni birgalikda joylashtirish: yer resursidan optimal foydalanish. Renewable Energy.

3. Barron-Gafford, G. A. va boshq. (2019). Qurg‘oqchil hududlarda agrofotovoltaika: oziq-ovqat–energiya–suv (FEW) tizimida o‘zaro foyda. Nature Sustainability.

4. Fraunhofer ISE (2020). Agrofotovoltaika: qishloq xo‘jaligi va energetika o‘tishidagi imkoniyatlar (Qo‘llanma).

5. Marrou, H., Dufour, L., Wéry, J. (2013). PV panellari soyasida yetishtirilgan salatlarda hosildorlik va nurlanishdan foydalanish samaradorligi. European Journal of Agronomy.

6. Dinesh, H., Pearce, J. M. (2016). Agrofotovoltaik tizimlarning salohiyati. Renewable and Sustainable Energy Reviews.