MAMLAKATIMIZDA XORIJIY INVESTITSIYALAR JALB QILISH ORQALI AHOLI DAROMADLILIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Main Article Content
Abstract
Bugungi bozor iqtisodiyotining jadallashuvi sharoitida iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri bo’lib aholining iqtisodiy farovonligini ta’minlash hamda ularni moliyaviy erkinlikka chiqarish bo’lib hisoblanadi. Aholining iqtisodiy farovonligi esa albatta davlatning iqtisodiy arqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Aholi daromadlarini oshirish uchun mamlakatda tadbirkorlik loyihalarni keng ko’lamda amalga oshirish lozimdir. Buning uchun esa xorijiy kapitalni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xorijiy kapitalni jalb etish bir tomondan arzon resursga ega bo’lishga xizmat qilsa, boshqa tomondan esa yirik bozozrlardan yirik mablag’lar jalb qilish imkoniyati mavjud bo’ladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ular ishtirokida tashkil etilayotgan korxonalarni samarali rivojlantirish lozim. Shu bois mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chet el investitsiyasi ishtirokida korxonalar yangi innovatsion texnologiyalarni olib kirishda, yangi ishlab chiqarish usullari va boshqaruv tajribasini joriy etishda, mahalliylashtirish dasturlarini samarali amalga oshirishda, mahalliy aholiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishda hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim xizmat qiladi. Shu bosidan ham mamlakatimizda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning tashkil etilishi aholi daromadlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.