TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI MIKROMOLIYALASHTIRISHDA MIKROMOLIYAVIY TASHKILOTLARNING ROLINI OSHIRISH MASALALARI

Main Article Content

Javlonbek Tojiyev

Abstract

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini mikromoliyalashtirishda mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs boʻlgan mikromoliyaviy tashkilotlar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2020-2024-yillar mobaynida aholiga va tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi mikromoliyaviy tashkilotlar soni 3,4 barobarga koʻpayib, 193 tani tashkil qildi. 2025-yil 1-yanvar holatiga mikromoliyaviy tashkilotlarning jami aktivlari 7864 mlrd. soʻmni tashkil qilib, 2021-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 9,1 barobarga oshgan. Tahlil qilingan davr oraligʻida ushbu tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi qariyb 9,7 barobarga oʻsgan va 2025-yil 1-yanvar holatiga 7302 mlrd. soʻmni tashkil qilgan. Natijada, 2020-2024-yillar davomida mikromoliyaviy tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar va mikrolizing xizmatlarining jami aktivlaridagi salmogʻi 7 foizli bandga oʻsib, oʻrtacha 89,1 foizni tashkil qilgan.

Article Details

Section

Articles