XALQARO MOLIYA BOZORIDA QIMMATLI QOG‘OZLAR SAVDOSINI RIVOJLANTIRISHDA IPO AMALIYOTLARIDAN FOYDALANISH
Main Article Content
Abstract
Xalqaro tajribada IPO mexanizmlarini chuqur tahlil qilish, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, anderrayting jarayonlari, listing talablari va xalqaro birjalar faoliyati bo‘yicha samarali yondashuvlarni aniqlash imkonini beradi, bu esa milliy kapital bozorining raqobatbardoshligini oshiradi. Shuningdek, IPO orqali jalb qilingan kapital kompaniyalarga texnologik modernizatsiya, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish imkonini beradi, bu esa milliy iqtisodiyotning modernizatsiya jarayonlarini tezlashtiradi. Shu sababli IPO amaliyotlarining qimmatli qog‘ozlar savdosini rivojlantirishdagi ta’sirini o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham milliy va xalqaro moliya bozorlarini uyg‘unlashtirish hamda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash uchun dolzarb masaladir.