AGRAR SOHADA INVESTISION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH
Main Article Content
Abstract
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda agrar sohaning roli beqiyosdir. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish hamda qishloq hududlarida bandlik darajasini yuksaltirishda qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, agrar sohada investitsion faoliyatni jadallashtirish va uni samarali moliyalashtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi esa, avvalo, agrar sohadagi investitsiyaviy jarayonlarning samarali moliyalashtirilishiga bevosita bog‘liqdir. Xususan, fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan zamonaviy texnika, urug‘lik, o‘g‘itlar, sug‘orish tizimlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun moliyaviy manbalarning mavjudligi va ularning oqilona taqsimlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.