BANK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA TRANSFORMATSIYA JARAYONINING ROLI

Authors

  • S. Omonov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Author
  • Sh. Eshonqulov Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Author

Abstract

Zamonaviy sharoitda bank tizimi har qanday iqtisodiyotning moliyaviy infratuzilmasining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, resurslarni safarbar etish, real sektorni moliyalashtirish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Jahonda bank tizimi iqtisodiyotning barqarorligini belgilovchi moliyaviy infratuzilmaning eng muhim elementi hisoblanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda bank sohasi globallashuv, raqamlashtirish, o‘sib borayotgan raqobat, tartibga solish o‘zgarishlari va mijozlarning kutilmalari ta’sirida sezilarli transformatsiyalarni boshdan kechirdi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bank tizimi iqtisodiy islohotlar, valyuta bozorini liberallashtirish, moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish bilan bog‘liq keng ko‘lamli o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Shu sababli bank tizimini takomillashtirishda transformatsiya jarayoni xorij tajribasini o’rganish dolzarb hisoblanadi.

Downloads

Published

2025-05-23